BMT Bosh assambleyasi 24-dekabr, yakshanba kuni Myanmadagi vaziyat yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hujjatda Myanma rasmiylari Rakxayn shtatida harbiy operatsiyalarni to‘xtatish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarga aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun imkon berishga chaqirilgan.
Noyabr o‘rtalarida Bosh assambleya qo‘mitasi tomonidan tasdqlangan rezolyutsiya ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullandi: 122 mamlakat rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi.
Rossiya, Xitoy, Belarus, Myanma, Suriya va yana 5 davlat hujjatga qarshi ovoz berdi. 24 mamlakat betaraf qoldi, 37 davlat esa ovoz berishda ishtirok etmadi.
Izoh (0)