Big-ben nomi bilan mashhur bo‘lgan Britaniya parlamentining Yelizaveta minorasi qo‘ng‘iroqlari Rojdestvo va Yangi yil bayramlari sharafiga yana bong urdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avgustdan beri ta’mirlashda bo‘lgan Buyuk Britaniya ramzlaridan birining bongini londonliklar va shahar mehmonlari 23-dekabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 9:00 da tingladi. Uning ovozini 2018-yil 1-yanvarga qadar eshitish mumkin bo‘ladi, shundan so‘ng ta’mirlash davom ettiriladi.
Minora ta’miri 2021-yilga qadar davom etadi. Ta’mirlash ishlari qiymati 61 million funt sterlingni (81,5 million dollar) tashkil etadi.
Izoh (0)