Janubiy Afrika Respublikasida ikki yuzli mushukcha dunyoga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.
Mushukchaning egasi uni ko‘ngilli faolga topshirgan. Ko‘ngilli nafaqat jonivorni qabul qilib olgan, shu bilan birga Facebook’da unga atalgan sahifa ham ochgan.
Mushukchaga Betti Bi (Bettie Bee) deb laqab berilgan. Uning tug‘ilganiga bir hafta bo‘ldi, u odatdagi mushukchalar kabi o‘sib, ulg‘aymoqda.
Betti Bining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga hozirgacha 20 mingdan ziyod odam obuna bo‘lgan va jonivorning hayotini kuzatib bormoqda.
Izoh (0)