Prankerlar Vladimir Kuznetsov (“Vovan”) va Aleksey Stolyarov (“Leksus”) Rossiya mavjud bo‘lmagan Binomo orolidagi saylovlarga aralashgani haqida hikoya qilib, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylini laqillatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Prankerlar o‘zini Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy sifatida ko‘rsatdi va Xeyliga Rossiya go‘yo Janubi-Xitoy dengizidagi Binomo orolida saylovlarga aralashganini bildirdi.
Mazkur orolni bilishi haqidagi savolga Xeyli ijobiy javob berdi va AQShning ushbu masaladagi yondashuviga aniqlik kiritishga va’da qildi.
Shuningdek, prankerlar Xeyli bilan Mixail Saakashvili ishi, AQShning Ukraina bilan aloqalari, shuningdek, BMT tomonidan Quddus bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinishini “muhokama” qildi.
Izoh (0)