Tel-Aviv va Quddusning minglab aholisi bosh vazir Binyamin Netanyaxuga qarshi norozilik aksiyasiga chiqdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Norozilik aksiyalari qatorasiga to‘rtinchi hafta davom etmoqda. Namoyishchilar Netanyaxuni korrupsiyada ayblamoqda.
Quddusdagi aksiyani sobiq mudofaa vaziri Moshe Yaalon boshqardi. U “Na o‘ng, na chap, faqat to‘g‘riga” shiori ostida o‘tdi.
Isroil politsiyasi Netanyaxuni pora olish va firibgarlikda gumon qilib, kamida yetti bor so‘roq qildi. Bosh vazir barcha ayblovlarni inkor etmoqda.
Izoh (0)