Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yedinaya Rossiya” partiyasi s’ezdidagi chiqishi chog‘ida ta’lim sifati bo‘yicha dunyoda eng yaxshi natijalarga erishish vazifasini qo‘ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Rossiya maktabi ta’lim sifati va ko‘lami bo‘yicha dunyoda eng yaxshilar qatorida bo‘lishi kerak. Kollej, texnikum, universitetlar esa ishchilar, muhandislar, tadqiqotchilar, yangi texnologik yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlash standartlarini yaratishi lozim”, — dedi Putin.
Putinga ko‘ra,mamlakatdagi iqtidorlilar uchun va iste’dodlarni axtarishga mo‘ljallangan ta’lim muassasalari tarmog‘i kengayishi zarur.
Izoh (0)