Ispaniya politsiyasi 50 dan ortiq yuk avtomobilining g‘ildiragini yorgan kataloniyalik politsiyachini qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 51 yoshli Kataloniya politsiyasi xodimi sentabr oyidan buyon tibbiy muolaja uchun ta’tilda bo‘lgan. Hodisa 1-dekabr kuni yuz bergan. Politsiyachi 13 ta yuk mashinasi va bitta furgonga zarar yetkazgan. Bir necha kundan so‘ng u o‘z ishini takrorlab, 30 dan ortiq yuk mashinasining g‘ildiragini bo‘shatgan.
Politsiyachi transport xavfsizligini buzishda va transport vositalariga zarar yetkazishda ayblanmoqda.
Izoh (0)