Argentinaning Atlantika okeanida noyabr o‘rtalarida g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” suv osti kemasini ta’mirlash chog‘ida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda advokat Xuan Xose Kalandri ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Mudofaa vazirligida korrupsiya holatlari kuzatilgan. Mazkur tekshiruv doirasida federal sudya Serxio Torres flot va Germaniyaning Ferrostaal kompaniyasida tintuv o‘tkazishga ko‘rsatma berdi”, — dedi advokat.
Ma’lumot uchun, Kalandri oldinroq kema ta’miri davomidagi kamchiliklar haqida ma’lum qilgan argentinalik deputat Elisa Karrioning ishchi guruhida faoliyat olib bormoqda.
Izoh (0)