AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga kelgusi yili mamlakatga aniq tashrif buyurishi, biroq qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Davlat rahbarlari Trampning fevral oyi oxiriga mo‘ljallangan Londonga ishchi tashrifini muhokama qildi.
Tashrif davomida Tramp AQShning yangi elchixonasi binosi ochilishida ishtirok etadi va Mey bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Biroq qirolicha bilan uchrashishning imkoni bo‘lmaydi: buning uchun AQSh prezidenti Britaniyaga ishchi emas, davlat tashrifini amalga oshirishi lozim.
Izoh (0)