Virjiniyalik Betani Linn Stivens o‘zining ikki pitbul iti tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Yuzi, bo‘yni va qo‘llarida jarohat izlari bo‘lgan 22 yoshli ayolning jasadi Guchland okrugidagi o‘rmonzordan topildi. Uni itlar bilan sayrdan qaytavermagan qizini qidirib ketgan Stivensning otasi aniqladi.
“Tana dahshatli darajada g‘ajib tashlangandi. Huquq-tartibot idoralaridagi 40 yillik faoliyatim davomida bunday ko‘rinishga duch kelmagandim. Itlar bekasiga sayr chog‘i tashlangan ko‘rinadi”, — dedi sherif Jeyms Agnyu.
Pitbullar o‘zini bunday tutishiga nima sabab bo‘lgani hodisadan so‘ng jonsizlantirilgan jonivorlar jasadi yorib ko‘rilganidan so‘ng aniqlanadi.
Izoh (0)