AQSh prezidenti Donald Tramp 12-dekabr kuni Nyu-Yorkda terakt uyushtirishga qilingan harakat fonida yana bir bor migratsiya zanjirini va immigratsiya vizalarini lotereya orqali qo‘lga kiritishga barham berishga chaqirdi. Bu haqda Amerika rahbari Oq uyda jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
“So‘nggi ikki haftada Nyu-Yorkda Green Card sababli AQShda yashayotgan xorij fuqarolari tomonidan ikkita terakt amalga oshirildi. Hujum uyushtirgan birinchi shaxs viza lotereyasi yordamida kelgan bo‘lsa, ikkinchisi migratsiya zanjiri orqali kelgan. Viza lotereyasi va migratsiya zanjiri — biz ularga yaqinda barham beramiz”, — dedi Tramp.
Prezident yana bir bor Kongressni “darhol aralashishga” va Vashington ma’muriyatiga ushbu masalada yordam berishga chaqirdi.
AQSh prezidenti 31-oktabrda ham Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik fuqaro Sayfullo Soipov tomonidan amalga oshirilgan teraktdan so‘ng bu kabi chorlovlar bilan chiqish qilgan edi.
Izoh (0)