Hindistonning Kerala shtatidagi qishloq aholisi loyga botib qolgan 20 yoshli filni qutqarishga urindi va bunga bir soatdan ortiq vaqt sarfladi, deb yozadi Daily Mail.
Jonivorni o‘tib ketayotgan poyezd shovqini qo‘rqitib yuborgan. Fil qochmoqchi bo‘lgan, ammo temir yo‘ldan 1,5 km uzoqlikda loyga botib qolgan. Uni u yerda mahalliy aholi ko‘rib qolgan.
Cho‘kayotgan filga yordam berish uchun butun qishloq ahli yig‘ildi. Jonivorning boshiga va oyoqlariga arqon solib, uni traktor yordamida loydan chiqarishni boshlashdi.
“Fillar odamlar tufayli sarosimaga tushib, nazoratdan chiqib ketadigan bunday holatlar so‘nggi to‘rt oyda Keralada uchinchi marta sodir bo‘lishi”, — dedi hayvonlar himoyachisi Rajiv Kurup, u buni shtatda festivallar mavsumi boshlangani bilan izohladi.
Izoh (0)