Telegram messenjeri Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga Sankt-Peterburgdagi terakt bo‘yicha ayblanuvchilar yozishmalari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etmagani uchun 800 ming rubl jarimaga tortildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“FXX xabarlari matnini oshkor etishni so‘ragan ikki raqam Sankt-Peterburgdagi teraktlarni amalga oshirishda ayblangan aka-uka Azimovlarga tegishli”, — dedi messenjer egalari advokati Dmitriy Dinze.
Shu bilan birga, advokat ayblanuvchilar ushbu raqamlardan foydalanishni teraktga qadar to‘xtatganiga izoh berib o‘tdi.
Izoh (0)