Xitoyda dunyodagi eng baland yog‘och inshootlardan biri sanaladigan ibodatxona yonib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Alangalanish Sichuan provinsiyasining janubi-g‘arbidagi ibodatxona kompleksida ro‘y berdi.
Obidani saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Videoda Osiyodagi eng baland yog‘och inshoot bo‘lgan 16 qavatli, 150 metrli ibodatxona qulay boshlaganini ko‘rish mumkin.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 soatga yaqin vaqt ketdi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Qurbonlar haqida xabar berilmadi.
https://youtu.be/fZdfQvjGYEM
Izoh (0)