AQShning Ogayo shtatida yuz bergan yong‘in oqibatida uch kishi jarohatlandi, o‘nlab kishilar uysiz qoldi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.
Bir necha oila yashovchi uy taxtakanani quvmoqchi bo‘lgan ayolning harakatlari tufayli yonib ketdi.
Hodisa 9-dekabr kuni Sinsinatti shahrida yuz berdi. Hozirgi vaqtda Qizil xoch jamiyatining mahalliy bo‘linmasi uysiz qolgan yetti nafar kattalar va uch nafar bolaga vaqtincha yashash joyi topib bergan. Yong‘in oqibatida ko‘rilgan moddiy zarar 250 ming dollar deya baholanmoqda.
Izoh (0)