MoneyTaker guruhining rusiyzabon xakerlari Rossiya, AQSh va Britaniyadagi banklarda oxirgi yarim yil mobaynida 20 ta muvaffaqiyatli hujumni amalga oshirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
AQShdagi bir muvaffaqiyatli hujumdan so‘ng ko‘rilgan o‘rtacha zarar 500 ming dollarni tashkil etgani bildirilmoqda.
Xakerlar 2016-yil bahoridan beri xurujlarni amalga oshirib kelmoqda. Oldinlari izlarni yo‘qotishga imkon beruvchi xakerlik usullari tufayli ularning hujumlari payqalmay qolayotgandi.
Ekspertlar pullar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq yangi holatlarni istisno etmadi.
Izoh (0)