Rossiyada mablag‘ yetishmovchiligi tufayli “Barguzin” yangi avlod jangovar temir yo‘l kompleksini ishlab chiqish 2018—2027-yillar qurollanish davlat dasturiga kiritilmadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Barcha raketa dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘q. Yangi davlat dasturiga kiritilgan ‘Sarmat’ va ‘Rubej’ uchun ‘Barguzin’ni vaqtincha qurbon qilishga to‘g‘ri keldi”, — dedi “TASS” agentligining mudofaa sanoati kompleksidagi suhbatdoshi.
Manbaga ko‘ra, “Barguzin” ustidagi ishlar 2016-yil kuzida yakunlangan. U bo‘yicha amalga oshirilgan oxirgi tadbir Plesetsk kosmodromidan “Yars” raketasining uchirilishi bo‘lgandi.
Izoh (0)