Pentagon AQShning Lockheed Martin kompaniyasi bilan 2021-yilga kelib F-15 qiruvchi samolyoti uchun lazer qurilmasi ishlab chiqish yuzasidan shartnoma imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Wall Street Journal nashriga ko‘ra, qiymati 26 million dollar bo‘lgan kelishuv doirasida kompaniya 1609 kilometr masofadagi raketa va dronlarni urib tushirishga qodir qurilmalarni yetkazib beradi.
AQSh mudofaa vazirligi qurilma 50 kilovattga ega bo‘lishini kutmoqda, bu eng yirik sanoat lazeri kuchidan 5 barobar ko‘p. Kelgusida esa qiruvchilarda joylashtiriladigan lazer quroli kuchi 100—150 kilovattga yetishi mumkin.
Izoh (0)