Politsiya Manxettenda portlash uyushtirgani taxmin qilingan gumonlanuvchining shaxsini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fox News telekanaliga ko‘ra, gumonlanuvchi Bruklinlik 37 yoshli erkak, AQShda kamida 7 yildan beri yashaydi. New York Post nashri uning Bangladeshda tug‘ilib-o‘sganini bildirdi.
Portlash 11-dekabr, dushanba kuni Manxettenning sharqiy qismidagi 42-ko‘cha va 8-avenyu kesishmasida, yirik avtobus terminali yonida ro‘y berdi. 4 kishi, jumladan, gumonlanuvchining o‘zi jabrlandi. Jarohatlar hayot uchun xavfli emas.
AQSh prezidenti Donald Tramp yuz bergan hodisa haqida xabardor qilindi. Tekshiruv bilan politsiya va FQB shug‘ullanmoqda. Erkak bir o‘zi harakat qilgani yoki sheriklari bo‘lgani aniqlanmoqda.
Izoh (0)