Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Manxettendagi Port-Atoriti avtovokzalida portlash yuz berdi. Bu haqda, Nyu-York politsiyasiga asoslanib, BBC News xabar bermoqda.

Meduza’ning yozishicha, portlash oqibatida jabrlanganlar va hodisa sabablari haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Nyu-York politsiyasining qayd etishicha, portlash haqidagi barcha axborotlar hozircha dastlabki o‘rganish jarayonida.

Hodisa joyidan olingan foto va videoyozuvlarda vokzal yaqinida politsiya kuchlari va o‘t o‘chirish mashinalari turganini ko‘rish mumkin.

ABC Eyewitness News’ning politsiyadagi manbaga asoslanib xabar berishicha, quvur bo‘lagidan tayyorlangan qo‘lbola bomba portlagan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi qo‘lga olingan, bir necha kishi tan jarohati olgan. Biroq bu hali rasman tasdiqlanmadi.

NBC xabariga ko‘ra, bu portlash baxtsiz hodisa edimi yoki qasddan amalga oshirilgan qo‘poruvchilik — hali aniq emas.

Port-Atoriti avtovokzali Manxettenda, Tayms-skverdan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan; bu AQShdagi eng yirik avtobus terminalidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi