Kanadadagi Xeppi Velli-Guz-Bey shahri meri Jon Xikey Nyufaundlend va Labrador provinsiyasida ovga chiqqan paytida jiddiy jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mer iyagidan o‘q yegan.
Xikey o‘rmonda yolg‘iz edi. Shunday bo‘lsa ham u yo‘lga chiqib oldi. So‘ng unga yordam ko‘rsatishdi. Jon og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.
Mer hozirgi kunda Seynt Jon shifoxonasida davolanmoqda. U murakkab operatsiyani boshdan kechirgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)