Amerikaning Kaliforniya shtatida bir hafta davom etgan kuchli o‘rmon yong‘inlari nihoyasiga yetmoqda, deb yozadi “TASS”.
Mingdan ortiq turar-joy va qurilishni vayron qilgan olov bilan kurashda natija ko‘zga tashlandi, biroq o‘nlab yangi yong‘in o‘choqlari yuzaga kelishi xavfi yuqoriligicha qolmoqda.
Kaliforniya gubernatori Jerri Braun tabiiy ofatni Yerdagi global isish bilan bog‘ladi va har yili Rojdestvo arafasida o‘rmon yong‘inlarining o‘chirilishi normal holat bo‘lib qolishi mumkinligidan ogohlantirdi.
“Bu yangi norma. Yaqinda har Rojdestvoga yong‘inni o‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘ta keraksiz va noodatiy hodisa. Insonlar uyidan, mulkidan ayrilishi yoki ularning hayvonlarining nobud bo‘lishi dahshatli. Biz bu dahshatni bartaraf etmoqchimiz”, — dedi Braun.
Kaliforniya yong‘inga qarshi muhofaza va o‘rmonlarni himoya qilish boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha kuchlar va maxsus texnikani jalb qilish samara berdi. Bu harakatlar natijasida yong‘in keng yoyilishining oldi olindi va aholining bir qismi o‘z uylariga qaytarildi.
Izoh (0)