“Texty.org.ua” tahlil markazi qaysi Yevropa mamlakatida fuqarolar eng kam oylik maosh olishini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ro‘yxatda Ukraina yetakchilik qilmoqda. Ukrainalik fuqaro bir oyda o‘rtacha 190 yevro maosh oladi. Keyingi o‘rinlarni Moldova (216 yevro) va Ozarbayjon (232 yevro) egalladi.
Rossiyada esa o‘rtacha oylik maosh 474 yevroni tashkil etib, bu ko‘rsatkich mazkur reytingdagi o‘nlab Yevropa mamlakatlaridan ko‘proq hisoblanadi.
Fuqarolarining oylik maoshi eng yuqori bo‘lgan davlatlar Monako (5225 yevro), Lixtenshteyn (4887 yevro) va Shveysariya (4421 yevro) deb topildi.
Izoh (0)