Stavropolda (Rossiya) terrorizmga qarshi operatsiya natijasida uch nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda FXX boshqarmasining ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Odam ko‘p to‘planadigan joylarda terrorchilik aktlarini amalga oshirishni rejalashtirgan jangarilar guruhi Stavropol markazidagi xususiy uylardan birida qurshovga olingan. Ularga qurollarni topshirib, taslim bo‘lish taklif etilgan.
“Bunga javoban ular qurshovni yorib o‘tishga va berkinishga harakat qildi. Natijada otishma yuzaga keldi va uch nafar jangari yo‘q qilindi, ular berkingan uyda portlash sodir bo‘ldi”, — deya aniqlik kiritadi terrorizmga qarshi milliy qo‘mita.
FXXning ma’lum qilishiga, fuqarolarning sog‘lig‘i, hayoti va mulki endilikda xavfdan xoli.
Izoh (0)