Yoqutistonning Megino-Kangalas tumanida, Nijniy Bestyax aholi yashash punktidan 16 kilometr uzoqda ro‘y bergan YTH oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda FVV vakilining ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, avariya oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, jumladan, 2 yoshli bolakay ham. Uch kishi jarohat olgan”, — dedi FVV vakili.
Aniqlanishicha, yana to‘rt nafar odamning jasadi yonib ketgan “UAZ”ning konstruksiyasini tozalash vaqtida aniqlangan.
“Halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash va ularning qarindoshlarini topish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda”, — deydi idora vakili.
Avvalroq, Rossiyaning Yoqutiston Respublikasida mikroavtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)