AQSh va Janubiy Koreyaning yaqinda boshlangan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari, shuningdek, amerikalik mansabdorlarning bayonotlari Qo‘shma Shtatlar KXDRga qarshi zarba berishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat bermoqda. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
Diplomatlar “Amerika siyosatchilarining dag‘dag‘ali bayonotlari va KXDRga qarshi qaratilgan mashqlar ularda xavotir uyg‘otayotgani”ni bildirdi.
Shuningdek, Shimoliya Koreya TIV “AQSh mansabdorlarining bayonotlari KXDR yarim orolda urushga tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi haqidagi ogohlantirish ekanligi”ni ta’kidladi.
KXDR diplomatlariga ko‘ra, bugungi kunda “faqat bir savol — urush qachon boshlanishi ochiq qolmoqda”.
Izoh (0)