Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili bilan bog‘liq mojarolarga izoh berdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Mamlakat bosh prokurori Yuriy Lutsenko kabi Poroshenko ham Saakashvilini Rossiya foydasiga ishlashda aybladi.
“Armiya dushman ortimizda harakatlanishi uchun frontni tutib turgani yo‘q. Shu sababli bu kabi ishlarga barham beryapmiz”, — dedi Poroshenko.
Lutsenkoga ko‘ra, Saakashvili Rossiyada istiqomat qiluvchi tadbirkor Sergey Kurchenkodan Ukrainada tartibsizliklar uyushtirish uchun 500 ming dollar olgan. Kurchenko esa mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga yaqin odam hisoblanadi.
Izoh (0)