Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6-dekabr kuni Buxoroga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev kutib oldi.
Afg‘oniston Prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi va ular oldida ma’ruza qiladi.
Kunning ikkinchi yarmida prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.
Izoh (0)