Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulla Saloh tarafdori bo‘lgan harbiylar poytaxt Sano hududining 75 foizini nazoratiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Respublika gvardiyasi poytaxtning janubiy va sharqiy tomonida 75 foiz hududni egalladi. Cheklangan miqdordagi xusiylar bilan o‘qtin-o‘qtin janglar davom etmoqda”, — dedi Saloh tarafdorlariga mansub kuchlardagi manba.
Manbaga ko‘ra, gvardiya prezident saroyi, qator harbiy lagerlar, Sano xalqaro aeroporti va politsiya akademisini qo‘lga oldi.
2-dekabr, shanba kuni ro‘y bergan gvardiya va isyonchi xusiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda ikki tomondan kamida 90 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)