Janubiy Koreya baliqchilik kemasi Sariq dengizda tanker bilan to‘qnashishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Yonhap agentligining mamlakat qirg‘oq himoyasi xizmatidagi manbasiga ko‘ra, hodisa Seul g‘arbidagi Yongxong oroli atrofida ro‘y berdi. 20 nafar yo‘lovchi va 2 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan kema 336 tonnali tanker bilan to‘qnashuvdan so‘ng ag‘darilib ketdi.
2 kishi bedarak yo‘qolgani, 6 kishi behush holatda ekanligi bildirilmoqda.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In qutqaruv operatsiyasini boshlashga ko‘rsatma berdi. Unda 4 ta vertolyot va 14 ta qayiq ishtirok etmoqda
Izoh (0)