Turkiya diniy ishlar boshqarmasi (“Diyonat”) 1-dekabr, juma kuni erkaklarning o‘z sochlarini qora rangga bo‘yashiga yo‘l qo‘ymaydigan fatvoni chiqardi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Soch, soqol va mo‘ylovlarni bo‘yash orqali odamlarni aldash maqsad qilinmagan bo‘lsa, unda mumkin. Biroq erkaklar o‘z sochini qora rangga bo‘yashi Islom dini bo‘yicha nojoizdir”, — deyiladi boshqarmaning namozxonlar savoliga qaytargan javobida.
Bundan tashqari “gunohni targ‘ib etish”da xizmat qiluvchi musiqalarga hamda alkogol mahsulotlari sotiladigan joylarda ishlashga taqiq qo‘yildi. Bunda faqatgina “yashash uchun boshqa imkoniyatlar bo‘lmagan” holatda istisno qilinishi mumkin.
Izoh (0)