Tesla kompaniyasining deyarli barcha avtomobillari yig‘ib bo‘lingan zahoti ta’mirlashga yo‘llanadi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Kompaniyada ishlagan sobiq xodimlarning aytishicha, Model S va Model X avtomobillarining 90 foizida nuqsonlar bor. Muammolar kuzovdagi kichik qirilishlardan boshlanib, kuzov panellaridagi va bort tizimlaridagi jiddiy xatolargacha boradi.
Kompaniya bu borada rasmiy izoh berishdan bosh tortdi. Ular faqat ishlab chiqarish jarayoni juda qattiq nazorat qilinishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)