Xiaomi kompaniyasi 10-dekabr kuni Redmi lineykasidagi o‘zining birinchi romsiz arzon smartfonini taqdim etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Shu paytgacha Xiaomi kichik rom va 18:9 nisbatli tomonlarni ko‘zda tutuvchi trendga muvofiq keluvchi arzon smartfon modelini taqdim etmagan edi. Bunday arzon smartfonning birinchisi Xiaomi Redmi 5 bo‘ladigan ko‘rinadi.
Smartfon Redmi lineykasidagi avvalgi qurilmalar uslubida ishlangan metall korpusga ega bo‘ladi. Barmoq izi skaneri orqa tomonga, asosiy kamera tagiga o‘rnatiladi. Displey ostida sensorli klavishlar bo‘lmaydi — ular uchun joy yo‘q.
Redmi 5 da kamera oddiy, bittalik bo‘ladi. Asosiy kamera 12, old kamera 5 megapikselli bo‘ladi.
Shuningdek, qurilmaga 5,7 dyuymli 1440×720 pikselli displey, Snapdragon 625/626 protsessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira, 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Smartfon Android 7.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.
Redmi 5 1399 yuan (taxminan 211 dollar) narxda sotuvga chiqadi.
Izoh (0)