Internetda yana Samsung kompaniyasining baquvvat buklama Android-smartfoni suratlari paydo bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Samsung W2018 Snapdragon 835 protsessori, 6 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira bilan jihozlanishi taxmin etilmoqda. Bundan tashqari, fotosuratlar va videodan ma’lum bo‘lishicha, smartfonga bir yo‘la ikkita 4,2 dyuymli AMOLED-displey o‘rnatiladi. Shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, unda 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera bo‘ladi.
Qurilma 1-dekabrdayoq rasman taqdim etilishi kerak. Ammo u faqat Xitoyda sotiladi, bu kamida boshlang‘ich bosqichda shunday bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)