Joriy yil fevralida Kuala-Lumpur aeroportida zaharlangan KXDR yetakchining akasi Kim Chon Namning sumkasida 10 dan ortiq antidot— zaharlanishga qarshi kapsula topildi. Bu haqda Malayziya oliy sudi yig‘ilishida kimyoviy ekspertiza departamenti rahbarlaridan biri K. Sharmila ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Uning aytishicha, “marhumning sumkasida 12 ta antidot o‘rami, jumladan, VX asabni falaj qiluvchi vositasiga qarshi atropin bo‘lgan”.
Ma’lumot uchun, ekspertiza Kim Chon Nam xalqaro konvensiyalarda man etilgan aynan ushbu kimyoviy modda yordamida o‘ldirilganini tasdiqladi.
Izoh (0)