Eron g‘arbida noyabr oyi o‘rtalarida ro‘y bergan vayronkor zilzila qurbonlari soni 500 kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat sud tibbiyoti tashkiloti ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qurbonlar soni 505 kishiga yetdi”, — deyiladi tashkilot saytida joylashtirilgan xabarda.
Bir necha kun oldin 483 kishi halok bo‘lgani, 12 mingdan ortiq odam jabrlangani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)