Xorvatiyalik general Slobodan Pralyak sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal hukmi e’lon qilinishi chog‘ida zahar ichdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
General yig‘ilish payti “Pralyak jinoyatchi emas. Chiqargan hukmingizni inkor etaman” deb qichqirdi. So‘ng kichik flakondagi suyuqlikni ichdi. U sud zaliga zaharni qanday olib o‘tgani ma’lum emas.
Yig‘ilish bo‘lindi, Pralyakka birinchi yordam ko‘rsatish uchun shifokorlar yetib keldi. Biroq generalni saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
Ma’lumot uchun, general Slobodan Pralyak bosniyalik musulmonlarga qarshi jinoyatlari uchun 20 yil qamoq jazosi olgandi.
Izoh (0)