Dunyo davlatlari Shimoliy Koreya bilan barcha aloqalarni uzishi lozim. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Xavfsizlik kengashining KXDR yangi raketa sinoviga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Barcha mamlakatlarni Shimoliy Koreya bilan har qanday aloqalarni uzishga chaqiramiz. Jumladan, harbiy, ilmiy, texnik va iqtisodiy hamkorlik cohalarida”, — dedi Xeyli.
Xeyli KXDR raketa-yadro dasturini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan choralardan biri sifatida Pxenyanni BMTdagi ovoz huquqidan mahrum etishni ko‘rsatib o‘tdi.
Izoh (0)