Rossiyalik opera qo‘shiqchisi Dmitriy Xvorostovskiyni vafotidan keyin AQShning Grammy Awards musiqiy mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatishdi, deb yozadi “RIA Novosti” Amerika Ovoz yozish akademiyasiga tayanib.
Xvorostovskiy va dirijor Konstantin Orbelyan Sergey Yesenin she’rlari asosida yozilgan “Sviridov: Otchalivshaya Rus” diski uchun “Eng yaxshi klassik vokal yakkaxon albom” yo‘nalishida nomzodlar qatoriga kirdi. Nomzodlar ro‘yxatidan jami besh xonanda o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Xvorostovskiy 22-noyabr kuni 55 yoshida vafot etdi.
Izoh (0)