“Nihol” mukofoti sovrindori Gulzoda Xudoynazarova Yevropadagi ijodiy safari chog‘ida “KlangKosmos dunyo musiqasi” loyihasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “Sharq taronalari” musiqa festivali konsultanti Husniddin Atoyev ma’lum qildi.
Gulzoda Xudoynazarova va uning jamoasi ayni kungacha Germaniya va Belgiyaning bir qator shaharlarida konsertlar berdi hamda bolalar uchun tashkillashtirilgan ochiq darslarda ishtirok etib, o‘zbek milliy musiqasi va cholg‘ulari haqida ma’lumotlar berdi.
Germaniyaning Alba Kultur hamda O‘zbekistonning OXUS Culture tashkiloti hamkorligi natijasida Gulzoda Xudoynazarovaning “KlangKosmos dunyo musiqasi” loyihasidagi ishtiroki ta’minlandi.
Xonanda Gulzoda Xudoynazarova, sozandalar Bekzod Safarov hamda Farruh Vohidovlarning konsert dasturlaridagi chiqishlari muxlislar olqishlariga sazovor bo‘lmoqda.
Gulzoda Xudoynazarova hamda musiqachilar Yevropaning yana bir qator shaharlarida konsert berishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)