55 yoshida olamdan o‘tgan rossiyalik opera qo‘shiqchisi Dmitriy Xvorostovskiyning oilasi muxlislarni Britaniyaning saraton kasalliklarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Cancer Research tashkilotiga xayriya qilishga chaqirdi. Bu haqda xonandaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Xvorostovskiyning oilasi qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlagan va mehr-muhabbatini izhor etgan barcha muxlislarga minnatdorlik bildiradi. Gullar o‘rniga Cancer Research uchun xayriya qilishni taklif etamiz”, — deyiladi xabarda.
Moskvada xonanda bilan vidolashuv marosimidan so‘ng krematsiya jarayoni bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng bir kapsula Rossiya poytaxtida, ikkinchisi Xvorostovskiyning ona shahri — Krasnoyarskda ko‘miladi.
Izoh (0)