Rossiyalik opera qo‘shiqchisi Dmitriy Xvorostovskiy 55 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: “Yugopolis.ru”

“TASS” qo‘shiqchining agentiga tayanib ma’lum qilishicha, u Londonda hayotdan ko‘z yumgan.

2015-yilda Dmitriy Xvorostovskiyning bosh miyasida shish aniqlangan edi. Qo‘shiqchi davolanish uchun konsert faoliyatini bir necha oyga to‘xtatib turgan, ammo keyinroq sahnaga qaytgan edi.

1962-yilning 16-oktabrida Krasnoyarskda tug‘ilgan Dmitriy Xvorostovskiy Rossiyada va dunyoda eng taniqli opera qo‘shiqchilaridan biri edi. U, xususan, Nyu-Yorkning Metropoliten operasida, Londonning Kovent-Gardendagi Qirollik operasida, Milanning La-Skalasida, Vena va Berlin davlat operalarida, Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy teatrida va boshqa nufuzli opera sahnalarida chiqish qilgan. Xvorostovskiy 40 dan ortiq disklar chiqargan.