Xitoy Markaziy harbiy kengashi a’zosi va Xitoy armiyasi bosh siyosiy boshqarmasi sobiq boshlig‘i, general-polkovnik Chjan Yan o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi “RBK”.
South China Morning Post gazetasi qayd etishicha, avvalroq Yan korrupsiyaviy sxemalarda ayblangan edi. Uning ishi Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi sobiq a’zosi va Markaziy harbiy kengash raisi o‘rinbosari Go Bosyun hamda Markaziy harbiy kengash raisining yana bir o‘rinbosari Syuy Sayxou bilan bog‘liq edi. Ular pul evaziga ofitserlarga lavozim bo‘yicha yuqorilashga yordam berganlikda ayblangandi.
Xitoy sudi Bosyunni umrbod qamoqqa mahkum qildi. Sayxou tergov ostida bo‘lgan vaqtda, 2015-yildayoq o‘z joniga qasd qilgan edi. Uning bor mol-mulki musodara qilingan, o‘zi esa o‘limidan keyin harbiy unvonidan mahrum etilgan edi.
Yan 23-noyabr kuni o‘z joniga qasd qilgan, ammo bu haqda 28-noyabrdagina rasman xabar berildi. Ba’zi nashrlar ma’lumotlariga ko‘ra, 66 yoshli mansabdor avgustdan buyon omma oldida ko‘rinish bermagan.
Izoh (0)