Rim papasi Fransisk Myanmaning Yangon shahri ko‘chalari bo‘ylab harakatlanish uchun ancha arzon avtomobil tanlab, shahar aholisini hayratda qoldirdi, deb yozadi “TASS”.
Pontifik Myanmadagi eng yirik shaharga 27-noyabr kuni kechqurun yetib keldi. Minglab odamlar papa Fransiskni kutib olish uchun aeroportdan eltuvchi ko‘cha bo‘ylab tizilib turdi.
Ularning yonidan Fransisk to‘q ko‘k rangli Toyota Mark II Grande’da o‘tib ketdi. Bu ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning nisbatan arzon va yangi bo‘lmagan modelidir. Ochiq oynadan qarab Fransisk o‘zini olqishlayotgan odamlarga tabassum qildi va qo‘l silkitdi.
Izoh (0)