19 ta kosmik qurilma ortilgan “Soyuz-2.1b” eltuvchi raketasi Vostochniy kosmodromidan uchirildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Soyuz-2.1b” raketasi “Meteor-M” kosmik qurilmasi va yana 18 ta qo‘shimcha hamroh qurilmalar bilan belgilangan vaqtda — Moskva vaqti bilan 08:41 (Toshkent vaqti bilan 10:41)da uchirilgan.
10 daqiqadan so‘ng, 08:51 (10:51)da raketaning uchinchi pog‘onasidan tezlatuvchi blok ajralib chiqishi va sun’iy yo‘ldoshlarni belgilangan orbitalarga chiqarishni davom ettirishi kerak edi.
19 ta kosmik qurilmaning so‘nggisini belgilangan orbitaga yetkazish 12:54 (14:54)ga mo‘ljallangan. Shundan keyin tezlatuvchi blok Yer tomonga yo‘naltiriladi, 100 km balandlikda sayyora atmosferasiga kiradi, uning atmosferaning qalin qatlamlarida yonib ketmagan bo‘laklari 14:15 (16:15)dan keyin Tinch okeanining kemalar yurmaydigan qismida cho‘kib ketadi.
Izoh (0)