Rossiyaning Chita shahrida yashovchi uchuvchi Leonid Kulesh Dragonfly o‘ta yengil samolyotida yassi shtopor (pastga qarab buralib sho‘ng‘ish manyovri)da yuz marta aylanib, Ginness rekordlari kitobiga kirdi, deb yozadi “TASS”.
“Menga muvaffaqiyatim Ginness rekordlari kitobiga kiritilgani haqida tabrik bitilgan maktub keldi”, — dedi Kulesh. U rekord haqida samolyotni ishlab chiqargan kompaniyaga ma’lum qilganini aytdi.
Kulesh oliy pilotaj manyovrini 2014-yil avgustida amalga oshirgan, uni rossiyalik uchuvchi Konstantin Arseulov tomonidan 1916-yil sentabrida bajarilgan shtoporga yuz yil to‘lishiga bag‘ishlagan edi.
Izoh (0)