O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi mamlakat fuqarolariga Indoneziyaning Bali oroliga safarlarni to‘xtatib turishni tavsiya etdi. Bu haqda, O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasi bayonotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, turistik kompaniyalarga Balida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olish tavsiya etildi.
Muqaddam Bali orolida joylashgan Agung vulqoni otilishi oqibatida bu yerdagi xalqaro aeroport yopilgan, buning oqibatida 60 mingdan ortiq turist uylariga qaytolmay qolib ketgan edi.
Bundan tashqari, Indoneziya hukumati Agung vulqoni uchun xavfning eng yuqori darajasini belgilagan edi. Nihoyat, vulqon otilishi oqibatida sayyohlar Baliga chipta xarid qilishni to‘xtatgani xabar qilindi.
Izoh (0)