AQSh harbiylari soni Afg‘onistonda 15,3 ming, Iroqda 8,9 ming, Suriyada 1,72 ming kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Pentagon 27-noyabr, dushanba kuni ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Afg‘onistondagi kontingent faol jangovar harakatlar ketayotgan davlatlar orasida eng ko‘p sonlisi hisoblanadi.
AQShning eng katta harbiy kontingenti Yaponiyada joylashgan — salkam 45 ming kishi. Undan keyin Germaniya (36 ming) va Janubiy Koreya (25 ming atrofida) o‘rin olgan.
Qo‘shma Shtatlarning xorijdagi kontingenti jami 257,3 ming kishidan iborat.
Izoh (0)