AQShning Tellurayd shahri (Kolorado shtati) politsiyasi o‘quv muassasasida terakt amalga oshirish haqidagi tahdidlarni tarqatishga aloqadorlikda gumon qilingan maktab o‘quvchisini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Associated Press agentligiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari bir necha o‘quvchi ijtimoiy tarmoqlarda maktabdoshlarini ommaviy o‘qqa tutish, muassasada esa portlash uyushtirish rejasini muhokama qilgani haqida ma’lumot oldi.
Shu munosabat bilan mazkur maktab 27-noyabr, dushanba kuni yopildi. Qo‘lga olingan o‘quvchining uyidan miltiq va to‘pponcha topildi. Politsiya yana kamida 5 o‘quvchini so‘roqqa tutmoqda.
Maktabda tintuv o‘tkazildi, biroq portlovchi modda aniqlanmadi. Mashg‘ulotlar yaqin orada boshlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)