22-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Janubiy Koreyada. Shavkat Mirziyoyevni Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari kutib oldi. Trampni esa TIV rahbari qarshi olgandi. Tashrifga doir barcha xabarlar — bu yerda.
2. Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning “Danaker” ordeni bilan mukofotlandi. Almazbek Atambayev Rossiya prezidenti Putinni ham Qirg‘izistonning oliy mukofoti bilan taqdirladi.
3. O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Asakadagi zavodda Chevrolet Tracker krossoverini seriyali ishlab chiqarish boshlanadi.
4. Aktyor Shuhrat Nuraliyevning vafot etgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. U chuqur koma holatida. Bir muddat avval uning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
5. Lobanovning qilig‘i uchun “Paxtakor” 50 million, Lobanovni so‘kkan muxlislari uchun “Nasaf” 100 million to‘laydi. Avvalroq Lobanov muxlislarni haqorat qilgani uchun uzr so‘ragan edi.
Izoh (0)